“Xavfsiz turizm” dasturi
Xavfsiz turizm” sertifikatlash dasturi butun sayohat davomida, aeroportga yetib borishdan to jo‘nashgacha bo‘lgan joyda xavfsizlik bilan bog‘liq barcha mezonlarni kafolatlaydi. Turli vazirliklarning umumiy ko'rsatmalari va yo'riqnomalariga muvofiq, "Xavfsiz turizm" konsepsiyasi doimiy ravishda ko'rib chiqiladi va tuzatiladi.
Sertifikatlangan muassasalar yettita asosiy toifaga bo'lingan.
- Turar joy
* Oziq-ovqat va ichimlik
* Madaniyat, san'at va kongresslar
* Kruiz va suv usti xizmatlar/qurilmalar
- Parklar
- Chang'i markazlari
* Quruqlik transporti
Xizmatlar xalqaro tavsiyalar va texnik shartlarga moslashtirilgan turli mezonlar asosida tekshiriladi va sertifikatlanadi. Turistik obyektlarni sertifikatlashtirish tartibi tasdiqlangan xalqaro auditlar orqali amalga oshiriladi. Kamida 30 xonali turar joy muassasalari uchun sertifikatlashtirish majburiy, kichikroq korxonalar uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi. Qo'shimcha ma'lumotni shu quyida topishingiz mumkin.
Murojaat uchun: Türkiye Respublikasi Elchixonasi Madaniyat va Turizm bo’limi