Biz haqimizda

Türkiye Respublikasi Elchixonasi Madaniyat va Turizm bo’limi

Turkiya har doim madaniy munosabatlar va murakkablikning markazi sifatida qabul qilingan hamda turli xil iqlim zonalari uyidir, shuningdek, tashrif buyuruvchilarni o’zining ming yillik tarixi, ko’rkam tabiati va boy madaniyati bilan ilhomlantiradi. Turkiya qadimiy joylarga, betakror go'zallikka ega ko'p qirrali sayohat maskanlariga juda boy. Ushbu mamlakat toʻrt dengiz bilan o‘ralgan boʻlib, Osiyo va Yevropa qitʼalarini Bosfor boʻgʻozi bilan bogʻlaydi. O’zida turli madaniyat namoyondalarini birlashtiruvchi ushbu mamlakatda san'at, moda, musiqa va gastronomiyaning - an'ana va zamonaviylik bilan uyg‘unlashganini barcha birdek yaxshi tushunadi. Tabiati bo‘lsa sayohat uchun ko'plab imkoniyatlarni va unutilmas onlarni taqdim etadi. Odamlarning mehmondo'stligi va samimiyligi tashrif buyuruvchi mehmonlarini quchoq ochib kutib oladi. Siz bir-biringizga tabassum bilan bir qatorda unutilmas tajriba va xotiralar ulashasiz.

Türkiye Respublikasi Elchixonasi Madaniyat va Turizm bo’limi Turkiyaning o’zbek turizmida eng mashhur dam olish joylaridan biri bo'lishini ta'minlaydi.

O’zbekistonning Turkiya turizmi uchun yetakchi mavqei tufayli u doimo yuqori sifatli xizmat ko'rsatish va mintaqalarni bir-biri bilan birlashtirish, mamlakatning madaniy merosini targ'ib qilish, ko’zlangan rejalarini amalga oshirish uchun sayyohlik strategik sherik sifatida ko’riladi. Shuningdek, turizm bilan shug'ullanuvchi barcha subyektlar bilan qisqa, o'rta va uzoq muddatli aloqa/marketing faoliyatini o’rnatish yaqin hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.