Kapadokiya

Kapadokiya – ko`p qirrali, g`ayrioddiy va o`zining minglab yillik tarixi orqali har qanaqasiga ko`rishga arziydigan makon.

O'zining ajoyib topografiyasi bilan Kapadokiyaning boy tarixi va xilma-xil taomlari ko'plab tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi. 2022-yilning birinchi choragida Kapadokiya va mintaqada joylashgan muzeylar va arxeologik obidalarga  tashrif buyurgan 300 000 dan ortiq (305 275) sayohatchilarga mezbonlik qilgan. Bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 54 foizga o‘sganligini ko’rsatadi.

Qoyalarga o'yilib, barpo etilgan yer osti shaharlari, katta “tutun quvurlari” va hayajonli manzaralar bilan bir qatorda, Kapadokiyaga tashrif unutilmas lahzalarni taqdim etadi. Havo sharlaridagi muhtasham sayohat, qoyalik manzaralar bo'ylab otda sayr qilish, ajabtovur g'or mehmonxonalari va milliy kafelarda mahalliy sharoblarni tatib ko'rish – Anato’liya markazida ajoyib hordiq chiqarishingizni kafolatlaydi.

Lava va so‘ngan vulqonlar kulining eroziyasi natijasida hosil bo‘lgan hududning relyefi - g‘ayrioddiy konus shaklidagi tuzilmalar, “Peri bajalari” deb ataladigan quvurlar va qoyalarga o‘yilgan ko‘p asrlik yer osti shaharlari bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi. Qadimda Kapadokiya otlarni yetishtirish orqali shuhrat qozongan va har doim “Go'zal otlar mamlakati” sifatida tanilgan.

 

Kapadokiyani havodan ko'ring, tunni g'orlarda o'tkazing!